Kecha viloyat hokimi Murotjon Azimov Qarshi shahri bo‘ylab oziq-ovqat xavfsizligi, aholi bandligi va ularning uy-joylarga bo‘lgan talabini qondirishga doir o‘rganishlar olib bordi. 

Ilk manzil 367 ming dona tovuq olib kelib, har kuni Qashqadaryo bozorlariga 150 ming dona tuxum yetkazib berayotgan “Kamronbek quruvchi” MCHJ rahbari Abdurasul Boboyevning korxonasida bo‘ldi.

Shuningdek, “Arabxona” MFYda foydalanilmasdan turgan 2 qavatli binoni kapital taʼmirlab, 200 o‘rinli bog‘chaga aylantirish, “Biznesni rivojlantirish banki” Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Furqat Muratov bilan aholi xonadonlaridagi tadbirkorlik loyihalari, “Batosh” MFY hududida qarovsiz turgan joyda masʼullar ishtirokida o‘rganish olib borgan viloyat hokimi 800-900 xonadonga mo‘ljallangan turar-joy majmuasini qurish, “Kamronbek quruvchi” MCHJ rahbari Abdurasul Boboyev o‘zining va “Biznesni rivojlantirish banki” viloyat hududiy boshqarmasi mablag‘lari hisobidan ushbu klasterni tashkil etish rejasi bilan tanishdi.

17-11-2023 |
Foto galereya