Viloyat hokimi Janubiy Koreyaning "KIDL Co LTD" kompaniyasi prezidenti Kim Jay Yong bilan bir qator loyihalar yuzasidan muloqot o‘tkazdi.

Jumladan, kompaniya qishloq xo‘jaligi sohasida dunyo bo‘yicha bir qator loyihalarni amalga oshirganini hisobga olib, vohamizda ham aqlli issiqxonalarni tashkil qilish maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.

Maʼlumot uchun, hozirda viloyatimizda 500 gektarga yaqin maydonda yirik issiqxona xo‘jaliklari tashkil etilgan. Undan tashqari, 82 mingdan ortiq uy xo‘jaliklarida (xonadonlar) 1 506 gektar maydonda kichik issiqxonalar mavjud.

05-07-2024 |
Foto galereya