Viloyat hokimi Murotjon Azimov Nishon tumanidagi o'rganishlari davomida "Talimarjon IES" AJda bunyod etilayotgan umumiy quvvati 1065 MVt bo‘lgan ikki dona bug‘-gaz qurilmalarining qurilish jarayonlari va bu bug‘-gaz qurilmalarining ishga tushirilishi natijasida erishiladigan energo samaradorlik bo‘yicha loyiha bilan tanishdi.

Mazkur investitsiya loyihasining umumiy qiymati 944,87 mln AQSH dollarini tashkil etib, bosh pudratchi sifatida Ispaniya va Yaponiya kompaniyalari ishtirok etayapti. Shuningdek, qurilish ishlari Turkiya kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

2025-yilda yagona energotizimga ulanishi ko‘zda tutilgan bu bug‘-gaz qurilmalarining ishga tushirilishi natijasida korxonada yiliga qo‘shimcha yana 8 mlrd kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarishga erishiladi.

Bundan tashqari, viloyat hokimi tomonidan qurilish maydonida mehnat qilayotgan xodimlarga yaratilgan sharoitlar, ish jarayonining tashkil etilish tartibi ham ko‘zdan kechirildi.

13-06-2024 |
Foto galereya