Qarshi davlat universitetida magistrlarga diplom topshirish marosimi bо‘lib о‘tdi. Unda talabalar, professor-о‘qituvchilar, ota-onalar hamda  jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda sо‘zga chiqqanlar, mamlakatimizda zamonaviy bilimlarni puxta egallagan yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani va bu borada barcha shart-sharoitlar muhayyo qilib qо‘yilganligini alohida takidlashdi.

Magistratura bо‘limi boshlig‘i  О‘tkir Toshevning aytishicha, oliygohni joriy yilda 13 ta mutaxassislik bо‘yicha 55 nafar magistr tamomlayotgan bо‘lsa, ularning hammasi ish bilan ta’minlangan. О‘nga yaqini universitetning о‘zida qolib, ilmiy ishlarini davom ettirishadi. Ular safida "Yosh kitobxon" tanlovining viloyat bosqichi g‘olibi, о‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi magistranti Surayyo Shodiyeva ham bor.

- Ustozlarimdan minnatdorman, - deydi u hayajon bilan. - Ilmiy ishimning qamrov doirasi keng bо‘lganligi uchun universitetda qolib, uni davom ettirishimni  aytishdi. Izlanishlarim kelajakda о‘zbek adabiyotining xorijiy ixlosmandlari kо‘payishiga oz bо‘lsada xissa qо‘shadi, degan umiddaman. 

Bundan tashqari Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti hamda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filialida ham magistratura yо‘nalishida 2018/2019  о‘quv yiliga oid о‘quv reja va dasturlarni  tugatgan,  yakuniy davlat attestatsiyasidan muvaffaqiyatli  о‘tgan yoshlarga magistrlik diplomlarini topshirish marosimlari bо‘lib о‘tdi. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini 10 ta mutaxassilik bо‘yicha 55 nafar magistr tugallagan bо‘lsa, TATU Qarshi filialidan 2 ta yо‘nalishda tahsil olgan 5 nafar magistrlar "uchirma" bо‘ldi.

Z.NAZIROVA

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

03-07-2019 |
Foto galereya