Qashqadaryo viloyati aholisi ayniqsa, yoshlar o'rtasida kibersportni rivojlantirish hamda ommalashtirish, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Counter strike" bo'yicha "Qashqadaryo viloyati hokimi" kubogi musobaqasi tashkil etiladi.

Mazkur musobaqada kibersportga qiziquvchi barcha yoshdagi vohadoshlarimiz ishtirok etishlari mumkin (yoshi chegaralanmagan).

Musobaqa 3 ta (saralash, pley-off, hamda final) bosqichda bo'lib o'tadi. Shuningdek, musobaqada ishtirok etish uchun maxsus telegram bot orqali jamoaviy yoki yakka shaklda joriy yilning 1-iyun sanasidan 10-iyun sanasiga qadar elektron ro'yxatdan o'tishingiz mumkin.

Ro'yxatdan o'tgan barcha ishtirokchilar 12-13-iyun kunlari "Viloyat hokimi kubogi" bosh sovrini uchun bellashadilar.

20-05-2024 |
Foto galereya