30 iyun - “Yoshlar kuni” oldidan Kasbi tumanidagi Jizza mahallasida yosh tadbirkor Shohjahon О‘roqov tomonidan bunyod etilgan zamonaviy “Yoshlar mehnat guzari” foydalanishga topshirildi.

 

 

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbir katta bayram sayliga aylanib ketdi. Jumladan, tumanning iste’dodli yoshlari tomonidan milliy urf-odat va qadriyatlarimizni aks ettiruvchi stendlar tashkil etildi. Ijro etilgan kuy qо‘shiqlar, folklor chiqishlar, turli viktorinalar, ijodiy ishlar va milliy liboslar kо‘rgazmalari saylga о‘zgacha joziba baxsh etdi.

Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlarda hamkorlik qilib kelayotgan tashkilotlar vakillari va tengdoshlari orasida yuqori natijalarga erishgan yoshlar “E’tirof egalari” loyihasi doirasida diplom va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Sobir NARZIYEV,

muallif olgan suratlar.

                                                                       Qashqadaryogz.uz ma’lumotolari asosida

 

 

26-06-2019 |
Foto galereya