Ma’lumki, Mehnat kodeksi, "Aholini ish bilan ta’minlash tо‘g‘risida"gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining "О‘zbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berishga doir qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida"gi qaroriga asosan fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlangan bо‘lib, har qanday shakldagi majburiy mehnatdan foydalanish, biron bir jazo qо‘llanishi bilan qо‘rqitgan holda ishlarni bajarishga majburlash taqiqlanadi.

О‘z navbatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va  tumanlar hokimlari, barcha darajadagi davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari majburiy mehnatdan foydalanish bо‘yicha aniqlangan har bir holat yuzasidan tegishli axborotni javobgarlik choralarini qо‘llash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga zudlik bilan yuborishi belgilab qо‘yilgan.

Bu borada Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan shahar maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari, о‘rta maxsus va oliy о‘quv yurtlarida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, majburiy mehnatga yо‘l qо‘yilmasligi, jumladan, mehnat qilish huquqini buzish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish va mansabga sovuqqonlik bilan qaraganligi oqibatida fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qо‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga kо‘p miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazish Jinoyat kodeksining 148, 205 va 207-moddalariga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bо‘lishi tushuntirilayotir.

Bundan tashqari, har oyda ta’lim muassasalari xodimlariga mehnat qonunchiligi bо‘yicha huquq va majburiyatlari, tamagirlik holatiga yо‘l qо‘ymaslik, jinoyat sodir etilishining oldini olish bо‘yicha davra suhbatlari va seminar   mashg‘ulotlari о‘tkazib borilayapti. Shu yilning о‘tgan davrida 20 dan ortiq muassasada shunday tadbirlar о‘tkazilib, ularda 1200 dan ortiq xodim qamrab olindi.

Kelgusida bu boradagi targ‘ibot tadbirlarini internetdagi rasmiy ijtimoiy tarmoqlarda, saytlar va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali yanada jadallashtirish maqsad qilingan.

 A.NAVRО‘ZOV,

Qarshi shahar prokurori, adliya maslahatchisi

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

04-04-2019 |
Foto galereya