Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlarining ko‘payishi va bu orqali ish o‘rinlarining yaratilishi, shuningdek tadbirkor tomonidan jalb qilingan xorijiy investitsiyalar viloyat iqtisodiyoti yuksalishida muhib ahamiyat kasb etadi. Aynan shu maqsadda viloyat hokimi Murotjon Azimov tadbirkorlar bilan muntazam muloqotni yo‘lga qo‘ygan.

Shu bois, kuni kecha viloyat hokimi tadbirkorlarning muammolari va takliflari eshitdi. Hokim qabulida bo‘lgan tadbirkorlardan biri korxonasiga bankrotlik holati eʼlon qilingani va bankrotlik holatidan chiqarish bo‘yicha yordam so‘rab murojaat qildi. Viloyat hokimi ushbu masala yechimi yuzasidan masʼullarga topshiriq berdi.

“Tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz shart. Korxona bankrotlik holatidan chiqib, oyoqqa turishiga ko‘maklashamiz”, — dedi viloyat rahbari.

Qabul davomida tadbirkorlar tomonidan aytilgan soliq, kredit, korxonani sog‘lomlashtirish, tadbirkorlik subyektlaridagi gaz va elektr bilan bog‘liq muammolarga shu joyning o‘zida yechim topildi.

Bunday qabullar tadbirkorlikni rivojlantirish, iqtisodiyotni mustahkamlash hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash maqsadida muntazam ravishda o‘tkazilib kelinmoqda. Hokimlik va tadbirkorlar o‘rtasidagi bunday muloqot tadbirkorlarning faoliyatida duch kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega.

19-06-2024 |
Foto galereya