Tikuvchilik  - har bir xotin-qiz mukammal о‘rganishni istagan va aksari buni uddalagan hayotiy zarur kasb. Aynan ushbu faoliyat turini tanlab, о‘z biznesini boshlayotgan yurtdoshlarimizning aksarini ham ular tashkil etadi.

G‘uzorlik Durdona Qodirova ham tikuvchilik sir-asrorlarini о‘rganib, shu sohada ishlab kelayotgan edi. Mamlakatimizda tadbirkorlar uchun imkoniyatlar, imtiyozlar yaratib berilayotgani yangi tashabbuslar davlat tomonidan qо‘llab-quvvatlanayotgani tikuvchi qizni о‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashga ilhomlantirdi.

- Yaqinlarim bilan maslahatlashib, aynan о‘zim bilgan, tushungan sohada tadbirkorlik faoliyatimni boshlashga qaror qildim, - deydi u. - Tо‘g‘risi, avvaliga ishni yо‘lga qо‘yib olish juda qiyin bо‘ladi, deb о‘ylagandim. Ammo hammasi juda tez boshlanib ketdi. Hududdagi "King grow" mas’uliyati cheklaydigan jamiyati mulkdorlari bizga hamkorlik  taklif etdi va 8 dona zamonaviy tikuv mashinalari bilan ta’minladi. Natijada ushbu jihozlar pulini ma’lum bir muddat davomida tо‘lab borish imkoniyatiga ega bо‘ldik.

Ayni paytda tadbirkor qiz hududdagi korxona va tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yо‘lga qо‘ygan. Ularga shartnoma asosida xizmat va ishchi kiyimlari tikib bermoqda. Shu bilan bir qatorda, erkaklar yozgi kuylaklarini tikish ham о‘zlashtirilgan.

JAHONGIR

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

03-07-2019 |
Foto galereya