Chiroqchi tumani 1-bolalar va о‘smirlar sport maktabida belbog‘li kurash bо‘yicha 2002-2003 yillarda tug‘ilgan о‘smirlar va qizlar о‘rtasida viloyat ochiq birinchiligi bо‘lib о‘tdi.

    Qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan  bu musobaqada viloyatning barcha shahar va tumanlaridan 220 nafar sportchi ishtirok etdi.

    Musobaqa g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

    Shu bilan birgalikda, 1- va 2-о‘rinlarni qо‘lga kiritgan sportchilar О‘zbekiston chempionatiga yо‘l oladigan bо‘lishdi.

J.QILICHEV

03-03-2019 |
Foto galereya