Joriy yilning 9-iyul kuni Qashqadaryo viloyati hokimligi masʼullari Germaniya Federativ Respublikasining “Nemis hunarmandlari markaziy uyushmasi” vakillari bilan viloyatdagi malakali o‘rta bo‘g‘in kadrlarni Germaniyaning nufuzli kompaniyalariga ishga yuborish bo‘yicha muzokara o‘tkazdilar.

Uchrashuvda nemis hunarmandlari markaziy uyushmasining vakili Yan Dannenbring, Germaniya Bandlik vazirligi vakili Haben Gebremedxin va “Sequa” kompaniyasi vakillari Xristian Xard va Lea Sappenfeldlar ishtirok etdilar.

Olib borilgan muzokaralar natijasiga ko‘ra, hamkorlar tomonidan taklif etilayotgan “FIT for Climate” loyihasi doirasida Elektronika, Qurilish, Mexatronika kabi yo‘nalishlarda dastavval pilot loyiha sifatida Qarshi shahrida 100 nafar yoshlarni nemis tiliga grant asosida o‘qitib, Germaniyaga yuborishga kelishildi.

Mazkur loyiha bosqichma-bosqich kengaytirilib, 1000 nafar yoshlarni qamrab oladi va eng muhimi loyiha doirasidagi barcha xarajatlar nemis tomonidan qoplanadi.

10-07-2024 |
Foto galereya