Mamlakatimizda  dehqonchilikka yaroqli yer kо‘p. Aholini muhim qishloq xо‘jaligi mahsulotlari bilan butun yil davomida ta’minlash aslo muammo bо‘lmasligi kerak. Aksincha, salohiyatimiz shu darajaga yetadiki, iste’moldan ortganini xorij  bozoriga ham taqdim etish mumkin. Bu esa dehqonga ham, iqtisodiyotimiz uchun ham foyda.

Nishon tumanidagi "Nishon agro meva eksport" fermer xо‘jaligi tashkil topganiga ham 2 yil bо‘lgan. Faoliyat boshlashdan kо‘zlangan maqsad xо‘jalikka tanlangan nomdan ham bilinib turibdi. Aholini turfa noz-ne’matlar bilan ta’minlash, chet elliklarni ham bundan bahramand etish. Xо‘sh, bu vazifa qanday uddalanmoqda?

- Paxta va g‘allachilik bilan ham shug‘ullansakda, sarxil sabzavot mahsulotlari yetishtirishga ham katta ahamiyat berayapmiz, - deydi fermer Sherali Shukurov. - Qishloq xо‘jaligining bu tarmog‘ini faol yо‘lga qо‘yganmiz. Sabzavotni asosiy va takroriy ekin sifatida parvarish qilayapmiz. Bu yildan tashqi bozorga ham yо‘l topa oldik. Qozog‘istonga о‘tgan yilgi hosildan 400 tonna piyoz yuklab jо‘natdik. Ayni paytda bozorni yaxshilab о‘rganayapmiz. Boshqa mahsulotlarni ham taklif etish niyatimiz bor.

Fermerning aytishicha, bugungi kunda xо‘jalik tasarrufidagi 30 gektar maydonda sabzi parvarishlanmoqda. Tez orada hosil yig‘ishtirib olinadi. Bu ham eksportbop mahsulot. Boisi, unga xaridor bor. Faqat qancha miqdorda sotish masalasida kelishuvga erishilsa bо‘lgani.

Mirzohid JО‘RAYEV

Sobir NARZIYEV olgan surat.

                                                     Qashqadaryogz.uz ma’lumotolari asosida

 

 

26-06-2019 |
Foto galereya