Jahonda yuqori nufuzga ega kompaniyalardan “POOYA POLYMER TEHRAN” kompaniyasi direktori janob Kamron G‘aniy boshchiligida delegatsiya viloyatimizga mehmon bо‘lib, viloyatda investitsiyaviy faoliyat yuritishga jiddiy qiziqish bildirgan .

Dastlab tashrif davomida G‘uzor tumani xokimligida tuman xokimi S. Babakulov investorlar bilan biznes uchrashuv о‘tkazib, tumanning investitsion potensiali bilan tanishtirdi hamda ikki tomon tarafidan investitsion takliflar о‘rganib chiqildi.

Shundan sо‘ng xorijiy kompaniya vakillari viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev qabulida bо‘lishdi. Uchrashuv chog‘ida tomonlar manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi. Bugun yurtimizda chet el sarmoyadorlari uchun qulay sharoitlar yaratib berilgani alohida ta’kidlandi.

Muzokaralar davomida eronlik investor bilan G‘uzor  tumanida shu yilning iyun oyida "POOYA POLYMER TEHRAN" kompaniyasi bilan qо‘shma korxona  ochishga kelishib olindi.

                                                           Viloyat  hokimligi  axborot  xizmati

12-04-2019 |
Foto galereya