Bu yil viloyatimizda 141 ming 800 gektar suvli hamda 63 ming gektar lalmi maydonlarda boshoqli don ekinlari parvarishlanib, о‘rim-yig‘im ishlari davom etmoqda.

Mavsum boshidan bugunga qadar viloyatda 3585 fermer xо‘jaligi tomonidan davlatga 500 ming tonnadan kо‘proq g‘alla sotildi. Bu belgilangan reja ortig‘i bilan bajarilganini anglatadi.

Ta’kidlash joiz, qish-bahor oylaridagi ob-havoning dehqonchilik uchun qulay kelishi, yog‘ingarchilikning mо‘l-kо‘lligi dehqonlarimizning ishiga yanada baraka bag‘ishladi. Xususan, boshoqli don ekinlari ham  yaxshi rivojlandi. Ayni paytda yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmasdan, oxirigacha yig‘ib olish dehqonu fermerlarimiz, soha mutasaddilari oldida turgan eng mas’uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi.

Shunga kо‘ra, viloyatda mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil etish borasida zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida, shuningdek, joylardagi holatdan kelib chiqib, hududda 470 ta otryad shakllantirilib, ularga bir donadan zamonaviy о‘rim kombaynlari, bittadan kо‘chma ustaxona, yonilg‘i tashish vositalari, don tashish uchun 2847 dona tashish texnikalari (shundan 2054 dona yuk avtomobillari) biriktirildi. Bu о‘rim-yig‘im ishlarining yanada qisqa fursatlarda va sifatli bajarilishini ta’minlab berdi.

Xususan, bu yil 18 ming 100 gektar suvli maydonda g‘alla yetishtirgan Koson tumani mirishkorlari har gektardan о‘rtacha 52,8 sentnerdan, umumiy hisobda 95 ming 560 tonnalik ulkan don xirmoni bunyod etishni rejalashtirgan edi. E’tiborli jihati, ular bu dovondan viloyatda birinchi bо‘lib, ya’ni 18 iyun kuniyoq oshib о‘tishdi. E’tiborli jihati, tuman fermerlari tomonidan yaratilayotgan xirmon hamon bо‘y chо‘zishda davom etmoqda.

Sо‘nggi yillarda Mirishkor tumani dehqonlari ham g‘alla, paxta va pilla yetishtirish borasida doimo ilg‘orlar safida ekani hech kimga sir emas. Bu yil 22 ming 350 gektar maydonda g‘alla ekib parvarishlagan mirishkorliklar belgilangan rejani 19 iyun kuni bajarishdi. Shundan buyon ham о‘rim-yig‘im ishlari aslo susaygani yо‘q. Mirishkorliklarning xirmoni har tomonlama yuksalib bormoqda.

Bundan tashqari, Qarshi, Qamashi, Muborak, Kasbi, Nishon, G‘uzor tumanlarida ham belgilangan reja allaqachon uddalangan. Hali barcha hududlarda о‘rim ishlari jadallik bilan davom etayapti, hosil mо‘l.

О‘z о‘rnida aytib о‘tish joiz, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 noyabrdagi tegishli qaroriga asosan, davlatga don sotishda yangi xarid narxlari belgilangani ham fermerlar uchun ayni muddao bо‘ldi. Unga kо‘ra, 2019 yil hosili uchun bug‘doyning har bir tonnasi uchun kafolatlangan davlat xaridining о‘rtacha narxi 1 million 200 ming sо‘m miqdorida belgilandi. Shu bilan bir qatorda, yetishtirilgan boshoqli don hosildorligiga qarab davlat xaridi uchun yetkazib berilgan g‘alla xarid narxiga 10 foizdan 25 foizgacha ustama, aksincha past bо‘lganida esa xuddi shu taxlitda chegirma qо‘llanilmoqda.

Bu degani, fermer rejada belgilangan 40 sentner о‘rniga har bir gektar uchun 61 senterdan hosil topshirsa, davlat topshirilgan donning har tonnasiga 1 million 200 ming sо‘m emas, balki 25 foizlik ustama bilan, 1 million 500 ming sо‘mdan pul tо‘laydi. Bu fermerlarning davlatga kо‘proq don sotishdan manfaatdorligini oshirmoqda.

- 110 gektar yer maydonimiz mavjud, - deydi Kasbi tumanidagi "Xudoyqulov Panji Hazratqulovich" fermer xо‘jaligi rahbari Hasan Xudoyqulov. - Shuning 62 gektariga bug‘doy ekkan edik. Mehnatlarimiz samara berib, rejani ortig‘i bilan uddaladik. Daromadimiz kutganimizdan-da yuqori bо‘ldi.

Xalqimizda don haqida juda kо‘p rivoyatlar, maqollar mavjud. Ularda bug‘doy eng asosiy rizq-rо‘z manbai ekani ta’kidlanadi. Bu bejiz emas. Misol uchun, mamlakatimizda birgina ana shu ekin ortidan faqat qishloq xо‘jaligining о‘zida yuz minglab insonlarning bandligi ta’minlanadi. Ayni paytda don qayta ishlash korxonalari uchun muhim xomashyo hamdir. Ular tomonidan ishlab chiqarilgan un va non mahsulotlari esa avvalo dasturxonimiz tо‘kin-sochinligi, elu xalqimiz farovonligini ta’minlaydi. Shu bilan birgalikda, bug‘doy somoni, donni qayta ishlashdan olingan kepak, omuxta yem chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik kabi sohalar uchun о‘ta muhim ozuqa manbai hisoblanadi. Demakki, xirmonlarimizga tо‘kilayotgan donning har hovuchi  rizq, baraka mо‘l-kо‘lligidan dalolat beradi.

Jahongir BOYMURODOV

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.

                                                                                                         Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

05-07-2019 |
Foto galereya