Davlatimiz rahbarining kitob mutolaasiga oshnolikni kuchaytirish maqsadida har bir rahbar о‘zi о‘qigan maktabga kitob sovg‘a qilishiga bо‘lgan da’vati asosida deputatlar ham joylardagi ta’lim muassasalari, xususan, о‘zlari о‘qigan maktablar kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qilishmoqda.

Xususan, О‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi о‘rinbosari, Oliy Majlis Senati a’zosi Maqsuda Vorisova, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari Komila Karomova, Feruza Eshmatova hamda partiyaning viloyat kengashi raisi Olim Ravshanov Qarshi shahridagi 6-umumiy о‘rta ta’lim maktabida bо‘lib, о‘quvchi yoshlarga kitoblar tо‘plamini sovg‘a qilishdi.

Dehqonobod kaliyli о‘g‘itlar zavodi direktori, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Hamidulla Shermatov esa Dehqonobod tumani Beshbuloq qishlog‘idagi 23-sonli va Chuchukquduq qishlog‘idagi 24-umumiy о‘rta ta’lim maktablariga kitoblar jamlanmasini tuhfa qildi.

Muzaffar TUROPOV

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

04-04-2019 |
Foto galereya