Yoshlik g‘animat davr, uni behuda ishlarga sarflamaslik kerak. Aynan shu fursatda olingan bilimni bejiz toshga о‘yilgan naqshga mengzashmaydi. Tinimsiz о‘qib-о‘rganish esa kelgusida albatta о‘z samarasini beradi. Bu borada davlat rahbari ilgari surgan besh muhim tashabbusning о‘rni katta. U ayniqsa, о‘sib kelayotgan yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashga qaratilgani bilan g‘oyat ahamiyatli. Shu maqsadda esa yoshlarni madaniyat, san’at, sport, kitobga oshno tutish, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan tillasha olishiga imkoniyat yaratish bо‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilangani dasturilamal bо‘lmoqda. 

Shahrisabz tumanidagi 30-maktabda bо‘lib о‘tgan amaliy seminar ham shu mavzuga bag‘ishlandi. Tadbirda tumandagi barcha umumiy о‘rta ta’lim maktablari direktorlari va ularning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha о‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Seminarda Prezident tashabbusidan kelib chiqib, о‘quvchilarni darsdan tashqari mashg‘ulotlarga faol qiziqtirish, buning uchun keng sharoit yaratish masalasi muhokama etildi. Maktablarda tashkil etilgan "Sog‘lomlashtirish markazlari"dagi tо‘garaklar ishini ana shu asoslarda yо‘lga qо‘yish uslublari amaliy tarzda kо‘rsatib berildi.

- Ma’lumki, о‘quvchilar allaqachon yozgi ta’tilga chiqqan, ammo bu ular maktabdan, ta’lim jarayonidan butkul uzilib qolishi kerak degani emas, - deydi Shahrisabz tumani xalq ta’limi bо‘limi mudiri Shuhrat Rо‘ziyev. - Bо‘sh vaqti bо‘lgan yoshlarning turli kо‘ngilochar tadbirlar va musobaqalarda ishtirok etishi chorasini kо‘rayapmiz. Buning uchun maktablar kutubxonalari, kompyuter о‘quv xonalari, sport va faollar zali doimo ochiq.

Shuningdek, amaliy seminarda  о‘quvchilarning mustaqillik yillari qurilgan mahobatli bino va inshootlar, shuningdek, tarixiy qadamjolar, betakror tabiat gо‘shalari, madaniyat maskanlariga  sayohatlarini uyushtirish, muzey va teatrlarda dam oldirish ijobiy ahamiyatga ega bо‘lishi tushuntirildi. Bu tadbirlarni "Yurtim tarixini о‘rganaman" shiori ostida о‘tkazish maqsad qilingan.

Qayd etilishicha, Shahrisabz tuman xalq ta’limi bо‘limi tizimida bugungi kunda jami 85 ta umumiy о‘rta ta’lim maktabi mavjud bо‘lib, ularda qariyb 35 ming nafar о‘quvchi tahsil olib kelmoqda. Barcha ta’lim muassasalarida о‘quvchilarni turli tо‘garaklarga qamrab olish bо‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ma’lumotlarga kо‘ra, hozirga qadar maktablarda faoliyat kо‘rsatayotgan madaniyat va san’at tо‘garagiga 2006 nafar, rassomchilik tо‘garagiga 832 nafar, adabiyot tо‘garagiga 1874 nafar, sport tо‘garagiga 5701 nafar, axborot texnologiyalari tо‘garagiga 2347 nafar, kitobxonlik tо‘garagiga 1549 nafar, zardо‘zlik, tikuvchilik tо‘garagiga 623 nafar о‘quvchi jalb qilingan.  

BEHRUZBEK

Muallif olgan suratlar.

qashqadaryogz.uz  ma’lumotlari  asosida

 

19-06-2019 |
Foto galereya