Termizda Xalqaro baxshichilik san’ati festivali doirasida о‘tkazilgan respublika baxshilarining kо‘rik-tanlovida Qashqadaryo vakili Bahrom Rahimov ichki ovoz bilan doston kuylash yо‘nalishida 1-о‘rinni qо‘lga kiritdi va diplom hamda 5 million sо‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandi. 

90 nafarga yaqin baxshi-oqinlar ishtirok etgan tanlovda uch yо‘nalish bо‘yicha g‘oliblar aniqlangan bо‘lsa, qatnashchilar “Eng yosh ijrochi”, “Eng yoshi ulug‘ ijrochi”, “Eng yaxshi ayol ijrochi” nominatsiyalari asosida ham rag‘batlantirildi.

                                S.ALLAYOROVA

"qashqadaryogz.uz" ma’lumotlari asosida

10-04-2019 |
Foto galereya