О‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi a’zolari О‘rol Hayitov va Dilfuza Jalilova viloyatimizning bir qator tumanlarida bо‘lib,  aholi bilan yuzma-yuz muloqot о‘tkazishdi.

Uchrashuvlar davomida aholini о‘ylantirayotgan qator masalalar, muammolar о‘rtaga tashlandi. Shu bilan bir qatorda, hududlardagi axborot-resurs markazlari faoliyati о‘rganildi.

Ta’kidlash joizki, yoshlarning kitobga mehrini oshirish, buning uchun ularga yetarli shart-sharoitlarni yaratishda axborot-resurs markazlarining о‘rni katta. Ammo bugungi yoshlar, aholi ushbu markazlardan о‘zi izlagan adabiyotlar, nashrlarni topa olayaptimi? Bunday markazlarda mushtariylarning kitob va gazetalar mutolaa qilishlari, kompyuterdan, internetdan foydalanib, о‘zlarini qiziqtirgan ma’lumotlarni topa olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganmi?

Ishchi guruh tomonidan Mirishkor tumani axborot-resurs markazida о‘tkazilgan о‘rganish jarayonida bu borada bir qancha ijobiy jihatlar kо‘zga tashlandi. Misol uchun, markazga har kuni о‘rtacha 25-30 nafar kitobxon murojaat etadi, о‘zlariga kerakli kitoblarni olib о‘qiydi.  Markaz xodimlari tumanda о‘tkazilgan turli kо‘rik-tanlovlar, bayram va tadbirlarda faol ishtirok etib, kitobxonlikni targ‘ib qilib kelishmoqda. Foydalanuvchilar sonini oshirish maqsadida aholi gavjum bо‘ladigan maskanlar, mahallalar hamda 50 nafardan ortiq xodimi bо‘lgan korxona, tashkilot va muassasalarda muntazam ravishda kitob kо‘rgazmalari, yarmarkalari, targ‘ibot tadbirlari о‘tkazib kelinayapti.

Ammo muammolar, kamchiliklar ham yо‘q emas. Misol uchun, tuman axborot-resurs markazi о‘z binosiga ega emas. U hududdagi 1-maktab binosida joylashgan. Alohida о‘quv zali yо‘q, zaruratga kо‘ra foydalanuvchilar kompyuter xonasida kitob mutolaa qilishmoqda.

Achinarli tomoni, 2007 yildan hozirgi kungacha, ya’ni 12 yildan ortiq vaqt mobaynida axborot-resurs markazining xarajatlari smetasida kitoblar fondini boyitish, matbuot nashrlariga obuna bо‘lishga mablag‘ ajratilmagan. Natijada yaqin yillar ichida biror-bir yangi kitob sotib olinmagan va matbuot nashrlari tо‘plamlari mavjud emas.  Maktabning jihozlaridan foydalanib kelayotgan markazning moddiy-texnik bazasi ahvoli ham ayanchli holatda.

О‘ylaymizki, tuman hokimligi, mutasaddi tashkilotlar bu holatga e’tibor qaratishadi va axborot-resurs markazida ahvol о‘nglanadi.

 Ishchi guruh tomonidan axborot-resurs markazlari faoliyatini о‘rganish  davom etmoqda.

Suratda: ishchi guruh faoliyatidan lavha.

Shahnoza QAHHORZODA,

О‘zMTDP viloyat kengashi matbuot kotibi

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

08-04-2019 |
Foto galereya