Shri-Lankaning Kalutara shahrida 8 yoshdan 18 yoshgacha bо‘lgan shaxmatchilar о‘rtasida navbatdagi Osiyo chempionati yakunlandi.

Ushbu nufuzli musobaqada mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari ham munosib ishtirok etib, yakunda 5 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalni qо‘lga kiritdi. E’tiborli tomoni, ular orasida viloyatimiz vakili Abdimalik Abdisalimov ham bor.

Abdimalik 16 yoshdan 18 yoshgacha bо‘lgan о‘g‘il bolalar о‘rtasida о‘tkazilgan bahslarda ishtirok etib, о‘zining ishonchli о‘yini bilan barcha raqiblarini ortda qoldirdi. Ayniqsa, sо‘nggi tur bahsida Hindiston vakilini oq donalarda mag‘lub etgach, 7 ochko jamg‘arishga erishdi. Bu uning Osiyo chempionligini qо‘lga kiritishi uchun yetarli bо‘ldi.

Shuningdek, qit’a birinchiligida о‘z yosh toifalarida Umida   Omonova, Ruqiya Olimova, Afruza Hamdamova va Humoyun Bekmuratov ham vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yurtimizga medallar bilan qaytishgan.

Kecha yosh shaxmatchilarimiz   Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

J.BOYMURODOV

 

qashqadaryogz.uz  ma’lumotlari asosida

13-04-2019 |
Foto galereya