"Ishbilarmon ayol-2019" kо‘rik-tanlovining viloyat bosqichida 1-о‘rinni qо‘lga kiritdi

Yakkabog‘ tumanidagi 2012 yilda tashkil topgan "Shoira Shukurovna" xususiy korxonasi faoliyati dastlab maishiy xizmat kо‘rsatish shoxobchalari - gо‘zallik saloni va tikuvchilik sexini о‘z ichiga olgan. Keyinchalik tadbirkor aholiga turli marosimlar va bayram tadbirlari о‘tkazish uchun tо‘yxona, Qarshi shahrida tibbiy xizmat kо‘rsatish markazi ochish bilan  qamrovni yanada kengaytirdi.

- Joriy yil 1 milliard 800 million sо‘m imtiyozli kredit va о‘z mablag‘imiz hisobidan 1 milliard 28 million sо‘m sarflab Yakkabog‘ tumanidagi Xо‘jailg‘or mahallasida bolajonlar uchun 100 о‘ringa mо‘ljallangan "Jajji olmachalar" maktabgacha ta’lim muassasasini ta’sis etishga erishdik, - deydi xususiy korxona rahbari Shoira Haydarova.

О‘zLiDep viloyat Kengashi tomonidan qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilib, shahar va tumanlar bosqichlarida g‘oliblikni qо‘lga kiritgan 15 nafar faol tadbirkor, chevar, fermer va hunarmand xotin-qizlar bellashgan tanlovda Shoira Haydarova boshchilik qilayotgan subyekt faoliyati alohida e’tirof etilib, unga 1-о‘rin berildi.

Mos ravishda 2- va 3-о‘rinlarni qо‘lga kiritgan Koson tumanidagi "Koson rivoj tekstil" oilaviy korxonasi rahbari Lobar Qurbonova hamda Qarshi tumanidan "Gulshan" xususiy korxonasi rahbari Munisa Ochilova ham kо‘rik-tanlovning respublika bosqichiga yо‘llanma olishdi.

Shuningdek, kо‘rik-tanlov ishtirokchilari "Zamonaviy tadbirkor ayol portreti", "Yilning muruvvatli ishbilarmon ayoli", "Qishloq infratuzilmasini rivojlantirayotgan fermer ayol", "Tashabbuskor ayol" singari nominatsiyalar bо‘yicha ham taqdirlandi.

Tadbir doirasida maxsus kо‘rgazma ham tashkil etilib, unda qatnashchilar о‘zlari ishlab chiqarayotgan, yetishtirayotgan mahsulotlar namunalarini namoyish qilishdi.

Shohista BOZOROVA

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

03-07-2019 |
Foto galereya