Og‘ir atletika

Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari  kollejida 2003 yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi og‘ir atletikachilar hamda respublikamizdagi barcha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari о‘quvchilari о‘rtasida “Olimpiya chо‘qqilari” musobaqasi о‘tkazildi.

Musobaqalar qizg‘in kurashlarga boy bо‘ldi. Quvonarlisi, “Olimpiya chо‘qqilari”da viloyatimiz sharafini himoya qilgan sportchilarning har ikkisi sovrindorlar safidan о‘rin egallashdi. 1 ta kumush va 1 ta bronza qashqadaryoliklar hisobiga yozib qо‘yildi.

2003 yilgacha tug‘ilgan sportchilar о‘rtasidagi chempionatda о‘g‘il bolalar о‘rtasidagi murosasiz kurashlarda sportchilarimiz 1 ta oltin va 1 ta kumushni qо‘lga kiritishdi.

-                     Qizlar ham raqiblari о‘rnak olarli darajada harakat qilishdi, deydi, – murabbiy Sherdor Bо‘riyev. – Umumiy hisobda 1 ta oltin, 5 ta kumush hamda 2 ta bronza medallarni qо‘lga kiritdik.

Z.NAZIROVA

                                                     Qashqadaryogz.uz ma’lumotolari asosida

 

 

26-06-2019 |
Foto galereya