Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh Mirishkor tumani Pomuq qishlog‘ida yugurish bо‘yicha marafon tashkil etilib, unda 2 ming nafarga yaqin о‘zbek va turkman yoshlari qatnashdi.

Musobaqa О‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Markaziy  va viloyat kengashlari tomonidan tashkil etilgan ishchi guruhning Mirishkor tumanida о‘tkazgan о‘rganishi doirasida bо‘lib о‘tdi. Mazkur guruh tumanda bolalar sportiga qaratilgan e’tibor va yoshlar о‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir ishlar bilan tanishdi.

Darhaqiqat, tumanda bugun 3 ta о‘yingoh va 12 ta mini-stadion bо‘lib, yoshlar darsdan bо‘sh vaqtlarida bu о‘yingohlardan unumli foydalanishadi. Ishchi guruh vakillari tomonidan tumandagi ta’lim muassasalari kutubxonalari kо‘zdan kechirilganda, u yerdagi kitob fondi yetarli darajada emasligi aniqlandi. Bu bо‘yicha Yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashi raisiga bildirgi kiritilib, ittifoq fondidan badiiy kitoblar jamlanmasi ajratilishi haqida kelishib olindi.

Bunday о‘rganishlar viloyatning barcha hududlarida davom ettirilmoqda.

SOJIDA

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

04-04-2019 |
Foto galereya