Viloyat hokimi Shahrisabz shahrining o‘suv nuqtalari hamda kichik sanoat zonalari va yoshlar tadbirkorligi sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha shahar hokimi Akrom Sulaymonov taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimot jarayonida Zoyir Mirzayev: Har bir loyiha o‘zini oqlay olishi, ham tadbirkorga, ham davlatga foyda keltirish barobarida, xalqimizning tashvishini yengil bo‘lishiga, yashash sharoitlari yaxshilanishiga xizmat qilishi kerak, - degan ko‘rsatmalari bilan masʼul rahbar va tadbirkorlarga o‘z fikrlarini aytib o‘tdi.

Shuningdek, past quvvatda ishlayotgan hamda o‘z muddatida ishga tushmagan loyihalar taqdimoti ham ko‘rib chiqilib, bu bo‘yicha mutasaddilarga aniq vazifalar berildi.

Shu bilan birga, Zoyir Mirzayev Shahrisabz shahriga tashrifi davomida hunarmandlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishgan holda u yerda xotin-qizlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi hamda mazkur markaz shahrisabzning o‘z milliyligini, o‘z qiyofasini ko‘rsatib beradigan turistik majmua bo‘lishi kerakligi haqida to‘xtalib o‘tdi va bu borada masʼullarga o‘z taklif mulohazalarini bildirdi.

07-07-2021 |
Foto galereya