Viloyat maxsus komissiyasini o‘tkazilgan yig‘ilishida vohamizdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat va Respublika maxsus komissiyasining qabul qilingan qarorini joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muhokamada joriy yilning 26 iyun kuni viloyat rahbari voha ahliga yo‘llagan murojaati yuzasidan aholi tomonidan qoldirilgan izohlarga ham eʼtibor qaratildi.

- 300 nafardan ziyod fuqarolarimiz murojaatim yuzasidan takliflar bilan chiqdi, - dedi Zoyir Mirzayev. - Odamlarimiz to‘ylar hali ham 300-400 kishilik o‘tayotganidan xavotirda. Shuningdek, viloyatdagi iqlimni hisobga olib, ovqatlanish obyektlarini soat 22:00-23:00 ga qadar uzaytirish taklifi ham ko‘p tushdi. Vohadoshlarimiz takliflarini inobatga olib, umumiy ovqatlanish obyektlari – kafe, oshxona, choyxonalarni ishlashiga soat 8:00 dan 22:00 gacha ruxsat berilishini taklif qilaman.

28-06-2021 |
Foto galereya