Viloyat hokimligida bir guruh fuqarolarning muammolarini tinglash va tezkor yechim topish maqsadida qabul o‘tkazildi. Qabulda ishtirok etgan murojaatchilarning salomatlik, ijtimoiy himoya, bandlik, kredit va ta’lim masalalaridagi muammolari tinglanib, barchasiga ijobiy yechim topildi.
 
 
 
- Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan, endi doimiy ravishda fuqarolar murojaatlarini tinglab boramiz, - dedi Zoyir Mirzayev. - Birinchi navbatda Prezident Xalq qabulxonasi va virtual qabulxonalarga qilingan murojaatlarni hal qilish choralari ko‘riladi. Shuningdek, aholimizning ijtimoiy tarmoqlardagi "murojaat boti"mizga (@qvh_murojaat_bot) yo‘llagan murojaatlari ijrosi ham har kunlik monitoring qilib boriladi.
27-07-2021 |
Foto galereya