Bugun viloyat hokimi Zoyir Mirzayev va viloyat IIB boshlig‘i Shuhratjon Satvoldiyevlar yosh profilaktika inspektorlari bilan ochiq muloqot qilib, ular faoliyat olib borayotgan hudud muammolari bilan qiziqdi.

Unda Prezidentimizning joriy yil 12 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi hayʼatining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarga to‘xtaldi.

Chunonchi, mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, profilaktika inspektorlarining ish yuklamasini yengillashtirish, faoliyat natijadorligini oshirish, profilaktika inspektorlarining xizmat sharoitini yaxshilash masalalariga eʼtibor qaratildi.

Ochiq muloqot davomida bildirilgan muammolarga tez orada yechim topilishi aytildi.

Yakunda el-yurt osoyishtaligini taʼminlash va yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish borasidagi samarali mehnatlari hamda ichki ishlar organlari yosh xodimlariga namuna bo‘lib kelayotganligi uchun bir guruh yosh xodimlarga tashakkurnomalar, xizmatda foydalanish uchun 15 dona kompyuter jamlanmalari va sumkalar topshirildi.

11-05-2021 |
Foto galereya