Taraqqiyot strategiyasini qo‘llab-quvvatlash jamoatchilik guruhi faoliyatini samarali tashkil etish va kelgusi ustuvor vazifalarni belgilab olish maqsadida mutasaddi rahbarlar va deputatlar ishtirokida jamoatchilik guruhining tashkiliy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
 
 
Unda Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli va ahamiyati, vazifalar ijrosining bajarilishi bo‘yicha jamoatchilik monitoringi va nazorati kabi masalalar haqida tushuntirishlar berildi.
 
 
Jumladan, davlat idoralari “Yuksalish” umummilliy harakati tashabbusi bilan tashkil etilgan jamoat guruhlariga doimiy ravishda hisobot berib borishlari ta’kidlandi.
02-03-2022 |
Foto galereya