“LT Textile International” MCHJ korxonasining ikkinchi bosqichi ochilishi marosimida viloyat hokimi Murodjon Azimov, xorijiy hamkorlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
 
 
Mazkur korxonaning ikkinchi bosqichi faoliyati ortidan 900 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lib, 115,0 mln AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish orqali yiliga 15,0 ming tonna aralash ip-kalava va 12,0 mln p/m mato ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ushbu loyihani amalga oshirish davomida infratuzilma ob’ektlari uchun byudjet mablag‘lari hisobidan 24,0 mlrd.so‘m ajratilgan hamda qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan.
 
 
O‘tgan 4 yil davomida korxona ishlab chiqargan mahsulotlar Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq, Janubiy Osiyo, Xitoy va Yevropaning 20 dan ortiq davlatlariga va buning natijasida yiliga o‘rtacha 70,0 mln AQSH dollari miqdorida eksport amalga oshirilmoqda.
21-12-2021 |
Foto galereya