Navbatdagi sessiyada axborot berish uchun mas’ul rahbarlar, mahalliy Kengash deputatlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ham ishtirok etishib, quyidagi masalalar muhokama etildi:
 
 
- Chiroqchi tumanining ayrim qishloq aholi punkti va mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini yangi tashkil etilayotgan Ko‘kdala tumani tarkibiga o‘tkazish va uning ma’muriy markazini belgilash to‘g‘risida,
- Xalq deputatlari viloyat Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida,
- viloyatda xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash to‘g‘risida,
- viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida,
- Yakkabog‘ va Kasbi tumanlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashning ahvoli to‘g‘risida.
 
 
Yuqorida keltirilgan, ayniqsa xizmatlar sohasini rivojlantirish, Yakkabog‘ va Kasbi tumanlarida murojaatlar ahvoli to‘g‘risidagi masalalar savol-javoblarga hamda takliflarga boy bo‘ldi.
 
17-02-2022 |
Foto galereya