Mazkur sessiyada viloyat prokurori Erkabay Tadjiyev tomonidan viloyatni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ehtiyojmand oilalar, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining kommunal sohadagi muammolarini bartaraf etish va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan 2021 yilning III choragiga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” ni tasdiqlash to‘g‘risida ma’lumot berildi.
 
Shuningdek, viloyatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash to‘g‘risida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Nodir Erkayev so‘z yuritdi.
 
Shu bilan birga, kun tartibiga asosan viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari mablag‘larini yo‘naltirish, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi kotibiyatlari faoliyatini rivojlantirish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining 2021 yil 29 maydagi SQ-314-IV-son qarorining 9-bandi ijrosi yuzasidan davlat xizmatlari agentligi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi rahbari tomonidan 2021 yil 1 yarim yillik davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’ruza tinglandi va axborot berildi.
 
Sessiyada vohamiz bo‘ylab “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalda bajarilishi holati hamda aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash ahvoli yuzasidan Qashqadaryo viloyati Xalq qabulxonasining axboroti eshitilib, savol-javob va muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 12-13 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan 90-sonli yig‘ilish bayonining 15.2-bandi bo‘yicha “Viloyatdagi chiqindi poligonlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini bartaraf etish maqsadida 600 mln so‘m mablag‘ ajratish to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi.
 
Shuningdek, “Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi kotibiyati xodimlarining xizmat guvohnomasi to‘g‘risida”gi Nizomni tasdiqlash va Xalq deputatlari viloyat Kengashi va doimiy komissiyalarining 2021 yil 2 yarim yillik ish rejasini tasdiqlash haqidagi masalalari ham sessiya kun tartibidan joy oldi.
 
Yuqoridagi masalalar yuzasidan savol-javoblar o‘rtaga tashlandi.
26-07-2021 |
Foto galereya