Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Prezidentimizning "Yangi O‘zbekiston" gazetasiga bergan intervyulari yuzasidan faollar, nuroniylar va yoshlar bilan samimiy davra suhbati o‘tkazdi.
Suhbat yakunida viloyat hokimi bir guruh jurnalist va blogerlar bilan sohadagi muammolar, davlat hokimiyati hamda OAV o‘rtasidagi matbuot xizmatlarining faoliyati yuzasidan muloqot qildi.

Suhbat davomida "daryo.uz" muxbiri O.Qo‘ldoshev tomonidan ko‘pchilik soha vakillarining dardi bo‘lgan - "Jurnalist va blogerlar uyi"ni bunyod etish taklifi bildirildi.
- Menga ham ma’qul, - dedi Zoyir Mirzayev. - Bu bo‘yicha taklif bilan chiqamiz va ma’qullansa, "Qarshi sity" hududidan quramiz. Shuningdek, yana bir rejamiz qolib ketdi. Respublikadan ruxsat olsak, 15-20 nafar OAV vakillarini haftalik xalqaro media-turlarga hokimlik hisobidan xizmat safariga jo‘natamiz.

22-08-2021 |
Foto galereya