O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-iyundagi "Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PF-6244-son Farmoniga asosan bugungi kunda viloyat markazi bo‘lgan Qarshi shahrida 17.9 gektar maydonda 4 ta kichik sanoat zonasi tashkil etilmoqda.
 
 
Shu boisdan, hozirda 10.0 gektar maydonda tashkil etilayotgan “Buyuk turon” mahallasidagi kichik sanoat zonasi 8 lotga bo‘lingan bo‘lib, bu yerda umumiy qiymati 203,5 mlrd. so‘mlik 8 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Murotjon Azimov mazkur sanoat zonasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib, hududdagi “Aloqa yuksak tekstil" MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan mato to‘qish va ishlab chiqarish loyihasini ko‘zdan kechirdi.
 
 
Mazkur loyiha orqali 200 ta ish o'rni yaratilib, yiliga ip kalavadan 78840 tonna to‘qima mato ishlab chiqarish quvvatiga ega hisoblanadi. Shuningdek, viloyat rahbari “Qavali” va “Xontepa” mahallalarida tashkil etilgan kichik sanoat zonalarida ham bo‘lib, bu yerda olib borilayotgan ishlar va amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi va mas’ul rahbarlarga qo‘shimcha ravishda o‘z taklif hamda topshiriqlarini berdi.
 
10-02-2022 |
Foto galereya