Davlat rahbarining "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ilgari surgan tashabbuslari bugun, mamlakatning barcha hududlarda o‘z aksini topmoqda.
Shuningdek, videoselektorda mazkur loyihaga ko‘ra Qashqadaryo, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida – 16 million tupdan ko‘chat ekilishi hamda joriy yilning 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik”ni e’lon qilgan edi.

Bu borada Qashqadaryo viloyatining markazidan tortib chekka tumanlarigacha bo‘lgan hududlarda hasharlar tashkil etilib, viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bosh-qosh bo‘layotgan obodonlashtirish ishlarida mahalliy aholi vakillari ham faol ishtirok etmoqda.
Jumladan, Qarshi shahrida joylashgan Alisher Navoiy ko‘chasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi munosabati bilan ko‘chat ekish hashari boshlab yuborildi.

Xuddi shunday, Qarshi shahrini yashil makonga aylantirish maqsadida birinchilardan bo‘lib Mustaqillik mahallasi va u yerda joylashgan ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi tomonidan daraxt ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish orqali shaharlardagi yashil maydonlarni 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan.

05-11-2021 |
Foto galereya