Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov "Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturi asosida qurilish ishlari boshlangan tumandagi "Baluj" mahallasida bo‘ldi. Dastlab vazir hokim yordamchisi va yoshlar yetakchisi bilan suhbatlashdi. Xususan, ular tashabbusi bilan davlat xususiy sherikchiligi asosida mahalla binosi hamda 15 ta tadbirkorlik sub’yektlari tashkil etilmoqda.
 
 
Shuningdek, ularning sa’y-harakatlari bilan 8 nafar yoshlar ishga joylashtirilib, bandligi ta’minlandi. Shu maqsadda, boshlangan ishlar rivoji uchun qur’on tilovat qilindi va duoga qo‘l ochildi. Jonliq so‘yilib, aholiga dasturxon yozildi.
 
04-02-2022 |
Foto galereya