Viloyatda tijorat banklarning 2021-yil amalga oshirgan ishlari va joriy yildagi asosiy vazifalari yuzasidan Xalq banki, Agrobank, Asakabank, Aloqabank va Sanoatqurilishbank tomonidan viloyat hokimi Murotjon Azimov huzurida taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, taqdimot boshqa banklar ishtirokida ham o‘tkazilishi belgilanib, viloyat rahbari sohadagi muammo va takliflarni o‘rgangan holda mas’ullarga tegishli ko‘rsatma hamda topshiriqlarni berdi.
 
 
Ma’lumot uchun, yuqoridagi banklar tomonidan o‘tgan yilda 539 ta qiymati 3,5 trln. so‘mlik investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilangan va ularga tijorat banklari tomonidan 1,4 trln. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratilgan bo‘lib, 537 ta loyiha ishga tushishi natijasida 4 969 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan. 2022-yilda esa mazkur banklar tomonidan 186 ta, umumiy qiymati 983,9 mlrd. so‘m (shundan, bank krediti 637,1 mlrd. so‘m)lik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
 
 
 
Bundan tashqari, viloyatda aholining bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy dasturlar doirasida Xalq banki va Agrobank tomonidan 2021-yil davomida 19 601 ta 476 mlrd. so‘m kreditlar ajratilgan. Shu bilan birga, aholining bandligini ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan ijtimoiy dasturlar doirasida Xalq banki va Agrobank tomonidan kreditlash xajmini 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 1,4 barobarga oshirish rejalashtirilgan.
29-01-2022 |
Foto galereya