Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov Qarshi shahridagi 3-oilaviy poliklinikada bo‘lib, bu yerdagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Poliklinikada ishlayotgan tibbiyot xodimlari va bu yerga kelgan fuqarolar bilan muloqot qildi.
 
 
Mazkur oilaviy poliklinika 1956-yilda qurilgan bir qavatli 3 ta binoda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bugungi kunda 50 mingdan ortiq aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi poliklinikada shifokor va hamshiralar ishlashi uchun sharoitlar yetarli emas, xonalar yetishmaydi.
 
 
2019-yilda oilaviy poliklinikaning 3 qavatli yangi binosini qurilish ishlari boshlangan. Biroq moliyalashtirish ishlariga yetarli mablag‘ ajratilmaganligi sababli qurilish ishlari to‘xtab qolgan. Viloyat hokimi qurilish ishlariga qo‘shimcha mablag‘ ajratilishini aytib, mas’ullarga qurilish ishlarini boshlash, binoni 2-3 oy ichida foydalanishga topshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
18-02-2022 |
Foto galereya