Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra g‘o‘za-g‘alla navbatlab ekish tizimidagi tuproq unumdorligini oshirish muhim ahamiyatga ega, g‘o‘za ekilib, parvarishlanib o‘rtacha hosildorlikni 30 s/ga deb olsak, 3 tonna paxta xom-ashyo olinsa, 5-7 tonna g‘o‘zapoya dalada qolishi ilmiy ma’lumotlarga isbotlangan.
Fekaliy massalari va xo‘jalik chiqitlaridan kompost tayyorlashda tuproq bilan birgalikda g‘o‘zapoya, g‘o‘za po‘choq va boshqa o‘simlik chiqitlaridan keng foydalanish mumkin. 1 tonna g‘o‘za poya tarkibida 7-9 kg azot, 2-3 kg fosfor va 15-20 kg kaliy tashkil etadi.
Fekaliy massasi va xo‘jalik chiqindilaridan kompost tayyorlashda eni 2-2,5 m, chuqurligi 0,5-0,7 m chuqur ishlanib, unga navbatma-navbat bir qatlam axlat, ikkinchi qatlam tuproq va g‘o‘zapoya, g‘o‘za po‘choqlari solinib, shu tarzda chuqur to‘ldirilib, ustiga 10-15 sm qalinlikda tuproqlar tortiladi, yozda zarur xollarda uning ustiga suv sepiladi. Chuqurda tayyorlangan kompost 3-4 oy saqlanganda qora massa hosil bo‘ladi. Tayyor bo‘lgan bu massa dalaga chiqarishdan uch-to‘rt xafta oldin qorishtiladi. U yerni haydash oldidan gektariga 10-20 tonna hisobidan solinadi. 10 tonna g‘o‘za poya solingan tuproqqa 70-90 kg azot, 20-30 kg fosfor va 150-200 kg kaliyli o‘g‘itlar solingan bo‘ladi.
Gʻo‘zaning yer ustki qismi g‘o‘zapoya tarkibida turli xil moddalar mavjud bo‘lib, asosan tuproq unumdorligini oshirish, uni yerda maydalab tashlash natijasida tuproq unumdorligini oshiradi va organik moddalar miqdorini ko‘paytiradi. Bundan tashqari yonilg‘i olish maqsadlarida ham foydalanish mumkin.
Misol uchun: Qashqadaryo viloyatida 135 ming 900 gektar maydonda paxta xom-ashyosi yetishtiriladi.
Bundan tashqari 140 ming gektar suvli maydonda boshoqli don ekinlari ekilib parvarishlanadi, shundan 117 ming gektar maydoni g‘o‘za qator orasiga kuzgi boshoqli don ekinlari ekiladi.
Paxta ekilgan maydonlarda yetishtirilgan paxta hosili terib olingandan keyin har bir gektardan 5-7 tonnagacha g‘o‘za poya qoldiqlari qoladi.
Shuningdek aholi punktlarida klaster va fermerlar tomonidan paxta yetishtirish agrotexnik tadbirlarida qatnashgan ishchi va xodimlarga g‘o‘za poyani yonilg‘i sifatida foydalanish uchun bo‘lib beriladi.
Paxta yig‘im terim yakunlangandan keyin ishchi xizmatchilar tomonidan g‘o‘zapoyani yig‘ishtirib olishda hech qanday to‘siqlar bo‘lmaydi.
Bundan tashqari, g‘o‘za qator orasiga ekilgan g‘alla maydonlarida maysalar unib chiqqandan keyin, yer muzlashi bilan g‘o‘za poyalar o‘rib olinib, ishchi xizmatchilarga yonilg‘i sifatida foydalanish uchun beriladi.
Gʻo‘za qator orasiga ekilgan maydonni g‘o‘za poyadan tozalash ishlari amalga oshirilmasa g‘alla o‘rim yig‘imi davrida g‘alla o‘rish kombaynlarining ishlashiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Bundan tashqari g‘o‘za poya ichiga ekilgan g‘alla maysalariga quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushmasdan, fotosintez jarayonining buzilishishga olib keladi. Shuning uchun paxta maydonlarida qolgan barcha g‘o‘zapoya qoldiqlaridan tozalash tavsiya etiladi.

19-10-2021 |
Foto galereya