Hurmatli viloyatdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari va masʼullari.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11 oktyabrdagi 820-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida ifloslantirvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaxslar, shuningdek yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaxslar kompensatsiya to‘lovlarini to‘lovchi subyektlar hisoblanadi.

Qarorning 23 bandi kompensatsiya to‘lovi hisob-kitobi atrof-muhitga taʼsir ko‘rsatishning I va II toifali subyektlari uchun - har chorakda bir marta, hisobot choragidan keyingi oyning 15-sanasigacha, III va IV toifali subyektlari - har yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 15 yanvarigacha kompensatsiya to‘lovchi subyekt joylashgan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga tekshirish va kelishish uchun taqdim etish (yoki elektron shaklda http://fund.uznature.uz sayti orqali jo‘natish) mumkin.

Hisobotlar o‘z vaqtida taqdim etilmagan taqdirda, kompensatsiya to‘lovchi subyektlarning III va IV toifasiga mansub subyektlar yiliga tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt va ikki baravari miqdorida kompensatsiya to‘lovlari to‘lashlari hamda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va ularni joylashtirishning tasdiqlangan ekologik normativlari mavjud bo‘lmagan taqdirda yoki ularning amal qilish muddati tamom bo‘lganda kompensatsiya to‘lovlari faoliyat turlari bo‘yicha I va II toifaga mansub subyektlarda ifloslantiruvchi moddalarning amaldagi to‘liq massasi uchun kompensatsiya to‘lovlarining belgilangan miqdorlariga 20 (yigirma) koeffitsiyent, III va IV toifaga mansub subyektlarda - belgilangan miqdorlariga 10 (o‘n) koeffitsiyent qo‘llangan holda amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.

Kompensatsiya to‘lovlari subyektlari majburiyatlari etib, qarorning 33 bandida kompensatsiya to‘lovlari subyektlari  atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni tashlaganlik, chiqarganlik uchun kompensatsiya to‘lovlarini o‘z vaqtida hisoblash va to‘lash, ushbu Nizomga muvofiq kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitobi summalarini ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy organlari bilan kelishish, kompensatsiya to‘lovlari hisob-kitobi maʼlumotlarining haqqoniyligini taʼminlash va kompensatsiya to‘lovlarini hisob-kitob qilishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni o‘z vaqtida bartaraf etish belgilangan.

31 bandi Mablag‘lar o‘z vaqtida o‘tkazilmagan taqdirda muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun kompensatsiya to‘lovi bo‘yicha qarzdorlik summasining 0,1 foizi miqdorida penya undiriladi.

2021 yil 15 iyuldan boshlab kompensatsiya to‘lov hisob–kitoblari Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududida Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning iqtisodiy mexanizmlarini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida”gi 202-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.

Yuqorida ko‘rsatilganlardan kelib chiqib, Sizdan O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinliklarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining (yangi tahriri) 9-moddasi Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari, (o‘zlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishi; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashi; mehnatni muhofaza qilish hamda xavfsizlik texnikasi, ekologiya, sanitariya va gigiyena sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi; joylashgan yeri (pochta manzili) va boshqa rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risida tegishli davlat organlarini o‘z vaqtida xabardor qilishi; buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishi; o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli davlat organlariga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etish, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishiga doir ko‘rsatmalarini bajarmaslik O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 197 p/r 6-moddasi bilan qonunda belgilangan tartibda maʼmuriy chora ko‘rilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini eslatib o‘tamiz.

Qo‘shimcha savollar bilan faoliyat yuritayotgan hududingiz bo‘yicha quyidagi xodimlarimizga murojaat qilishingiz mumkin:

1.Viloyat boshqarmasi P.Ro‘ziyev (+97) 310-52-25

2.Qarshi shahar T.Ro‘ziqulov (+91) 947-22-42

3.Qarshi tuman G‘.Eshniyazov (+97) 317-08-37

4.Qamashi tuman M.Tilovova (+97) 316-34-38

5.G‘uzor tuman Yo.Toshev (+88) 311-99-11

6.Dehqonobod tuman N.Qo‘lmirzayev (+93) 931-49-41

7.Mirishkor tuman Sh.Qurbonov (+91) 963-15-55

8.Kasbi tuman Sh.Axmedov (+99) 023-15-06

9.Nishon tuman B.Buxarov (+93) 424-28-28

10.Koson tuman S.Geldiyev (+90) 733-30-38

11.Muborak tuman J.Abdiraxmonov (+93) 241-04-24

12.Chiroqchi tuman Sh.Axmedov (+93) 903-34-11

13.Yakkabog‘ tuman A.Qurbonnazarov (+91) 224-71-47

14.Kitob tuman Sh.Mansurov (+97) 799-90-20

15.Shahrisabz tuman U.Rashidov (+90) 110-05-05

16.Shahrisabz shaxar Q.Toshtemirov (+97) 381-34-24

O‘ylaymiz-ki, yuqoridagilardan xulosa chiqarib, hisobotlarni o‘z vaqtida taqdim etasiz va to‘lovlarini amalga oshirasiz.

Qashqadaryo viloyati ekologiya

boshqarmasi axborot xizmati

10-05-2021 |
Foto galereya