Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 2-fevral kuni chiqindilar bilan ishlash tizimi va ekologik holatni yaxshilash, “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish borasidagi dolzarb vazifalar yuzasidan o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishiga asosan, 1-martdan respublika bo‘ylab “Yashil yillik” umummilliy tadbiri boshlanishi e’lon qilingan holda xalqaro va respublika ahamiyatidagi yo‘llar chetida daraxtzorlar barpo etish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.
 
 
Shu boisdan, umummilliy tadbir oldidan Qarshi shahridagi "Shayxali" MFY bo‘ylab o‘tgan Koson tumanidan Qarshi shahriga kirish qismi va "Yerqo‘rg‘on" dehqon oziq-ovqat bozorigacha bo‘lgan yo‘l chetlarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida hashar tashkil etilib, unda yoshlar, mahalla aholisi va tashkilotlar ko‘chat ekish ishlarini boshlab yubordi.
 
Shuningdek, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Murotjon Azimov, nuroniylar, keng jamoatchilik va OAV vakillari ham ishtirok etgan hasharda 12 000ga yaqin manzarali bo‘lgan eldor qarag‘ayi, pavlovniya va qayrag‘och kabi daraxt ko‘chatlari ekilib, yo‘l va aholi yashash hududlari obodonlashtirildi.
 
 
Bu kabi ko‘kalamzorlashtirish hamda obodlikka qaratilgan ishlari oldidan jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilindi.
19-02-2022 |
Foto galereya