O‘zbekiston Respbulikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari faoliyatini tashkil etish hamda yoshlarning tadbirkorlikka oid tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5088-son Qaroriga muvofiq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda Yoshlar ishlari agentligining takliflariga muvofiq hududlarda Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari tashkil etilgan.
 
Mazkur qarorning, 9-bandi “G” bandiga muvofiq, Yoshlar sanoat zonalari hududida yer uchastkalari elektron onlayn – auksion orqali ajratilishi hamda bo‘sh bino va inshootlar (davlat ko‘chmas mulk ob’yektlari) shartnoma asosida har yili Qoraqolpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilanganadigan ijara to‘lovining eng kam miqdoridan oshmagan stavkalarda ijaraga berilishi ko‘rsatilgan.
 
Shu boisdan, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Nodir Erkayev tomonidan berilgan topshiriq qonun talablari doirasida ekanligini ma’lum qilamiz.
 
Shuningdek, mazkur holat bo‘yicha viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari kotibiyati mudiri Azizjon Tuxtayev yosh tadbirkorlar bilan uchrashib, huquqiy jihatdan tushuntirishlar berilgan.
04-02-2022 |
Foto galereya