Shahrisabzning tog‘li hududlarida kartoshkachilikni rivojlantirish maqsadida 3 ming 200 gektar yerni o‘zlashtirish davom etmoqda. Tumanda kartoshkachilikni rivojlantirish uchun boshlangan yangi loyiha bo‘yicha tog‘ bag‘ridagi yerlarga 18,5 km. polietilen, 13 km. metal quvurlar yotqizilib, suv chiqarish rejalashtirilgan. Loyiha qiymati 60 milliard so‘mni tashkil etadi.
 
 
Ish boshlansa 50 sotixdan yer ajratilib, 6400 oilaning bandligi ta’minlanadi. Shu maqsadda, viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Nodir Erkayev, tuman hokimi Samad Hasanov, Davlat aktivlarini boshqarish boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Bo‘riyev, tegishli viloyat va tuman tashkilot rahbarlari tog‘li mahallalardagi hokim yordamchilari hamda tog‘li aholi bilan uchrashib, kartoshkachilik istiqbollari haqida muloqot qilishdi.
 
03-02-2022 |
Foto galereya