Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi hamkorligida joriy yilning 29-30 sentabr kunlari “Amir Temur – dunyo olimlari va adiblari nigohida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman qadimiy va boy tarixga ega Shahrisabz shahrida ham o‘z ishini davom ettirdi.   
 
Xalqaro darajadagi anjumanda AQSH, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Misr, Ummon, Eron, Pokiston va Ozarboyjon kabi 14 mamlakatdan 18 nafar hamda yurtimizning nufuzli tarixchi va Temurshunos olimlari ishtirok etdi. Dastlab anjuman ishtirokchilari Amir Temur haykali poyiga gulchambarlar qo‘yishib, hurmat-ehtirom ko‘rsatishdi.
 
 
Shundan so‘ng anjumanning rasmiy ochilish tadbiri bo‘lib o‘tdi va unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ham ishtirok etib, buyuk sarkarda Amir Temur hayotining dunyo hamjamiyatida tutgan o‘rni va kelajak avlodlar uchun qoldirib ketgan o‘chmas boy tarixi haqida so‘zga chiqib, anjuman faoliyatiga muvafaqqiyat tiladi.
 
Shuningdek, ochilish qismida namoyish etilgan “Amir Temur – buyuk sarkarda va davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi” mavzuidagi videorolik anjuman qatnashchilarida iliq taasurot qoldirish barobarida, o‘zlariga qo‘shimcha ma’lumot sifatida qabul qilishdi.
 
 
Kun tartibiga asosan, anjuman to‘rtta shoʻbalarga bo‘lingan holda “Amir Temur va temuriylar davri manbashunosligi va tarixshunosligi masalalari”, “Temuriylar davri davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar”, “Temuriylar Renessansi: ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik”, “O‘zbek va jahon adabiyotida Amir Temur obrazi” mavzulari bo‘yicha davom ettirildi.
30-09-2021 |
Foto galereya