Qarshi shahridagi O'zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida mazkur bilim yurti kursantlarining tantanali bitiruv marosimi bo'lib o'tdi.

Marosim munosabati bilan bitiruvchi kursantlarga diplom hamda ko'krak nishonlari topshirildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, general-leytenant Bahodir Qurbonov, Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, Mudofaa vazirligi faxriylari, keng jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari va yoshlar ishtirok etdi.

Tantanali bitiruv marosimi yakunida vertolyotlarning bilim yurti uzra parvozi mehmonlar tomonidan olqishlandi.

26-06-2021 |
Foto galereya