Viloyatimiz yoshlarini zamonaviy kasb-hunarlar, IT-texnologiyalarni o‘rgatish va tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina, viloyat hokimligi tomonidan www.metsenat.uz loyihasi doirasida 1.8 mlrd. so‘mlik grant e’lon qilinishi ham yoshlar uchun katta imkoniyat bo‘ldi. 
Shuningdek, imkoniyatlarning davomi sifatida Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi ham voha yoshlarining startap loyihalarini moliyalashtirish hamda har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga katta zamin yaratadi.
 
 
- Doimiy hamkorlik uchun Ibrohim Yulchivichga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman, - dedi Zoyir Mirzayev. - Ishlab chiqilgan dasturlarga umumiy qiymati 19,6 mlrd. so‘m bo‘lgan 12 ta loyihalar doirasida 11,4 mlrd. so‘m mablag‘lar vazirlikning “Ilm-fanni molyalashtirish va innovasiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” tomonidan moliyalashtirish belgilangan hamda bugungi kunda barcha loyihalarning hujjatlari taqdim etilib, vazirlikning hay’at yig‘ilishida 6 ta loyiha uchun 7,7 mlrd. so‘m mablag‘ moliyalashtirilishi belgilandi.
 
 
Ma’lumot o‘rnida, memorandum doirasida "Bo‘lajak olim" tanlovini o‘tkazish uchun 4 mlrd. (vazirlik 2 mlrd. va hokimlik 2 mlrd.) so‘m mablag‘ ajratiladi va bu orqali yosh olimlarning ilmiy hamda innovasion g‘oyalari moliyalashtirilib, mukammal loyihalar hayotga tadbiq etilishiga erishiladi.
24-08-2021 |
Foto galereya