Joriy yil 23-mart kuni "Отабек Артиков" telegram kanalidagi "Bugun Qashqadaryo viloyat hokimligida videoselektor ekan. 5 kun dam olish emasmidi? Yoki meni kallam dang-dang bo'p qolg‘anmi?" mavzusida tarqalgan xabar bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz.
 
Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat va tub islohotlarning asl mohiyati "Inson qadrini ulug‘lash"dek buyuk maqsadlarga qaratilgan bo‘lib, qabul qilinayotgan har bir qonun va qarorlarning ijrosini unga vatanparvarlik bilan yondoshgan holda o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashda hududlardagi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining o‘rni beqiyosdir.
 
Shu maqsadda, joriy yilning 23-mart kuni viloyat hokimligi majlislar zalida aholining farovon turmush sharoitlarini yaxshilash va iqtisodiy ko‘rsatgichlarni oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan masalalar yuzasidan "Hokimlik soati" o‘tkazilgan bo‘lib, bu esa o‘z navbatida "Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» tamoyiliga asoslangan. 
04-04-2022 |
Foto galereya