Aziz Qashqadaryoliklar!
 
Barchangizni Qashqadaryo viloyati tashkil topgan kun bilan samimiy tabriklayman. Bundan 97 yil muqaddam, ya’ni 1924-yilning 1-noyabrida Qashqadaryo alohida ma’muriy birlik sifatida, Respublika viloyatlari safidan joy olgan.
 
Markaziy Osiyoning eng qadimiy madaniyat beshiklaridan biri bo‘lgan Qashqadaryo zamini - azal-azaldan olimu fuzalolar, allomayu donishmandlar, sarkardayu beklar vatani bo‘lib kelgan. 
 
 
Ha, tabarruk va muqaddas bu go‘shada mehnatkash, matonatli, tanti, muhimi mashaqqatlardan cho‘chimay maqsad sari dadil intiladigan odamlar yashaydi. 
 
Rizq nasibam qo‘shilib, bugun yuzi quyoshdek taftli voha odamlari bilan baqamti ishlamoqdaman.
 
 
Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga nisbatan daxldorlik sezib, bir-birimizni qo‘llab, hamjihatlikda – yurt ravnaqiga hissa qo‘shayotganimizdan mamnunman.
 
 
Sizlarga sihat salomatlik, xonadonlarga fayz tilayman. Farzandlar baxtu kamolini ko‘rish, muhimi mehnatdan rohat topib yashash hamisha nasib etsin. 
 
Zoyir Mirzayev, viloyat hokimi.
01-11-2021 |
Foto galereya