Viloyatning iqtisodiy salohiyatini yanada oshirish, ishlab chiqarish sanoat majmualarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash maqsadida xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda investitsiya loyihalari amalga oshirilib, bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda.
 
 
Jumladan, bu borada Qarshi tumanida navbatdagi, Turkiya bilan hamkorlikda suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi zavod barpo etilmoqda. "Omad Start" mas’uliyati cheklangan jamiyati O‘zbekiston – Turkiya hamkorligidagi mazkur suv tejovchi texnologiyalarni ishlab chiqaruvchi zavodning umumiy loyiha qiymati 35 mln AQSH dollarini tashkil etadi.
 
 
Shuningdek, korxona faoliyat ko‘rsatish hisobiga 250 ta doimiy va 300 ta mavsumiy ish o‘rinlari yaratilishi, loyihaning juda muhim jihatlaridan biri hisoblanadi.
24-12-2021 |
Foto galereya