Bu haqda Xalq deputatlari viloyat kengashi a’zolari bir ovozdan qaror qabul qilishdi. Ta’kidlanishicha, viloyatda joriy yilning 8-14 noyabr kunlari "Tibbiyot xodimlariga yuksak e’tibor ko‘rsataylik!" haftaligi bo‘lib o‘tadi.
Haftalik doirasida quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
- Uchrashuv va davra suhbatlari;
- Tibbiyot muassasalariga "Ochiq eshiklar kuni";
- Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlari bo‘ylab soha fidoyilarining sayohati;
- Pandemiya davrida bemorlar salomatligini asrab qolishda jonbozlik ko‘rsatib, vafot etgan shifokorlar xonadoniga viloyat rahbarlarini tashrifi;
- Keksalik gashtini surayotgan nafaqadagi tibbiyot xodimlari holidan xabar olish tadbirlari.
Ma’lumot o‘rnida, yurtimizda noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi "Tibbiyot xodimlari kuni" etib belgilangan.

03-11-2021 |
Foto galereya