Qarshi davlat universiteti tasarrufida 7 ta talabalar turar joyi faoliyat ko‘rsatib, ularda 1186 nafar yoshlar istiqomat qiladi. Tahlillarga ko‘ra 4500 nafar talabalarning turar joyiga ehtiyoji mavjud.

Yangi o‘quv yilidan boshlab mavjud talabalar turar joylarini ikki yarusli karavotlar bilan taʼminlanishi natijasida 2021 yilning sentyabr oyida 1671 nafar talaba turar joyga ega bo‘ladi va qamrov ko‘rsatkichi 37 % ga ortadi. Shuningdek, joriy yilning sentyabr oyida 2 ta yotoqxona taʼmirlanib foydalanishga topshiriladi. Buning natijasida qo‘shimcha 800 o‘rin yaratiladi va qamrov imkoniyat ko‘rsatkichi 2471 nafarga (55%) yetadi.

2022 yildan boshlab 600 o‘rinli yangi yotoqxonaning qurilishi xisobidan talabalarni turar joy bilan taʼminlash ko‘rsatkichi 3071 nafarga yaʼni 68% ga oshirish rejalashtirilgan.

25-06-2021 |
Foto galereya