Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Qarshi tuman Mevazor MFYga tashrif buyurib, mahalla hududida "Sirdaryo tajribasi" asosida bunyod etilayotgan ko‘p qavatli turar-joylar majmualarining qurilish jarayonlari va Saroy MFYdagi "Obod mahalla" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik hamda obodonlashtirish ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida "Mevazor" mahallasida qurilayotgan 5 qavatli, 20 xonadonli, 9 dona ko‘p qavatli uylarning qurilish ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli hamda samarali bajarilishi masalalari bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, berilgan topshiriqlarga qo‘shimcha ravishda - Mustaqillik arafasida 180 ta xonadon foydalanishga topshirilsa, keyinchalik ham bu kabi qurilish ishlari davom etadi, - deydi Zoyir Mirzayev.

09-07-2021 |
Foto galereya